“Barsa”: Shu futbolchini olmasak bo‘lmaydi!
Bundesliga vakili “Ayntraxt” klubi markaziy himoyachisi Evan Ndika yozda Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
“Barselona” rahbariyati yozda transfer qilinadigan futbolchilar ro‘yxatiga Evan Ndikani ham kiritdi.
23 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘z iqtidori bilan kataloniyalik skautlar e’tiborini tortgan. Qolaversa, himoyachi yozda erkin agentga aylanadi va “Barsa” uni bepul transfer qilishga qiziqyapti.
Ndikaning trasnferi 32 million evroga baholangan. U joriy mavsum jami 19 ta uchrashuvda qatnashdi.



Fikrlar