
“Barsa” “Real” kutayotgan futbolchini olmoqchi
“Barselona” Evropaning bir qator klublari, xususan, “Real” olishga intilayotgan Pau Torres uchun kurashga qo‘shildi.
Kataloniyaliklar “Vilyarreal” bilan 24 yoshli himoyachining transfer summasini pasaytirish borasida kelishuvga erishmoqchi. Hozirda Pau Torresning transferi 60 million evroni tashkil qilyapti.
Torresda kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Real”ni tanlash imkoniyati ham bor. Madridliklar uni Serxio Ramosga o‘rinbosar sifatida olmoqchi.
Bundan tashqari, o‘yini kuchayib borayotgan himoyachiga “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” ham jiddiy qiziqmoqda.
Pau Torres joriy mavsumda La Ligada 32 ta uchrashuvda qatnashdi. U 2017 yildan beri “Vilyarreal”ning asosiy tarkibida to‘p tepmoqda.
Fikrlar