
“Barsa” o‘z yulduzidan shubhalanmoqda
“Barselona” rahbariyati anchadan beri hujumkor futbolchisi Usmon Dembeleni yangi bitimga ko‘ndira olmayapti. Frantsiyalik yarim himoyachi muzokara jarayonlarini cho‘zmoqda.
Dembelening amaldagi bitimi bir yildan so‘ng yakunlanadi. Klub prezidenti Joan Laporta va murabbiylar shtabi bu o‘yinchi jamoaga kerakligini ta’kidlamoqda.
Dembele hozircha, yangi shartnoma bo‘yicha takliflarni qabul qilmadi va qaror chiqarishga shoshilmasligi, bor e’tiborini Evropa chempionatiga qaratishini ta’kidladi.
Kataloniya klubi xo‘jayinlari frantsiyalik futbolchi qit’a chempionatidan keyin yangi shartnoma uchun katta maosh talab qilish ilinjida muzokaralarni cho‘zayotganidan norozi bo‘lmoqda. Shuningdek, ular futbolchi boshqa jamoa bilan dastlabki kelishuvni tuzib qo‘ygan bo‘lishi mumkinligidan ham shubhalanmoqda.
“Barselona” bu futbolchi uchun 2017 yilda “Borussiya”ga 135 million evro to‘lagan edi. Yakunlangan mavsumda Dembele jami 44 ta o‘yinda o‘n bitta gol va beshta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar