“Barsa” Mbappening olishni antiqa usulini taklif qildi. PSJ hayratda!

  • 25 iyul, 2023, 07:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ tezroq Kilian Mbappedan qutilmoqchi. 24 yoshli hujumchiga da’vogarlik qilayotgan klublar qatoriga “Barselona” ham qo‘shildi.

Tecno

L’Équipe nashrining ta’kidlashicha, kataloniyaliklar PSJ rahbariyati bilan Mbappe transferi bo‘yicha telefon orqali bog‘landi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona”ning qimmatbaho futbolchini sotib olishga puli etmaydi. Shu bois, kataloniyaliklar PSJ xo‘jayinlariga bir necha o‘yinchisini taklif qildi. Hozircha, “Barselona” qaysi futbolchilarini Parijga jo‘natmoqchi ekani oshkor qilingani yo‘q.

PSJga “Al-Hilol” varianti ma’qul ko‘rinmoqda. Arablar bu transfer uchun 295 million funt tikmoqda. O‘yinchining o‘ziga bir mavsum uchun 600 million funt taklif qilindi. Shuningdek, arablar bir yildan keyin Mbappening “Real”ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!