
“Barsa” maqsadini e’lon qildi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlarini ochiqladi.
- Men jamoa kelasi mavsum La Liga chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashishiga ishonaman. Har ikki musobaqada g‘olib chiqishga harakat qilamiz. Bunga imkoniyatimiz etarli.
Jamoa “Barselona”ning o‘zigagina xos o‘yin uslubini namoyish qila oladi. Bu usul muxlislarga juda yoqadi, - dedi Joan Laporta.
“Barselona” yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 13 avgust kuni o‘tkazadi. Shu kuni Xavi Ernandes shogirdlari Ispaniya chempionatining ilk turida “Rayo Valekano” jamoasini qabul qiladi.
Fikrlar