“Barsa” Levandovski o‘rniga uchta superhujumchini nishonga oldi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” polshalik to‘purar Robert Levandovskining ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik klub direktorlar kengashi vakillari bilan hamkorlikda yozda transfer qilinadigan markaziy hujumchi masalasini muhokama qilyapti.
Fichajes nao‘rining yozishicha, kataloniyaliklar hozircha uch nafar forvard transferi imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Xulian Alvares
Ayni paytda Madridning “Atletiko”sida o‘ynayotgan argentinalik forvard yoshi, universalligi, yuqori salohiyati bilan “Barselona”ga mos o‘yinchi hisoblanadi. 25 yogli futbolchining o‘zi ham Kataloniyaga klubiga o‘tishga qarshi emas.
Harri Keyn
Uzoq yillar “Tottenxem” yulduzi bo‘lgan angliyalik forvard “Bavariya”ga ko‘chib o‘tganidan keyin ham har qanday ligada to‘purarlik qobiliyatini namoyish qila olishini isbotlab qo‘ydi. 32 yoshli futbolchining asosiy ustunligi yuqori sport formasini barqaror ushlab turishida. “Barsa” rahbariyatiga Keynning jamoada etakchilik qila olish tajribasi ham juda ma’lum qilyapti.
Dushan Vlaxovich
“Barselona” ekspertlari tahlillari serbiyalik forvard jamoaga mos tushishini ko‘rsatdi. 25 yoshli to‘purar kelasi yoz “Yuventus”dan ketib, muhitni o‘zgartirishga qaror qilgan. Uni erkin agent maqomida qo‘lga kiritish imkoniyati “Barselona”ni bu transferga ko‘proq e’tibor qaratishiga turtki bo‘lmoqda.



Fikrlar