“Barsa” Levandovski o‘rniga “Liverpul” hujumchisini olib keladi

  • 9 may, 2024, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari eng katta maosh olayotgan Robert Levandovskidan voz kechishga tayyor.

Tecno

The Sun nashrining yozishicha, kataloniyaliklar polshalik hujumchini sotib yuborib, o‘rniga “Liverpul” forvardi Darvin Nunesni olib kelishni rejalashtirmoqda.

“Barselona” bu transferni yozda amalga oshirmoqchi va bu orqali maosh fondini qisqartirishni ko‘zlagan.

Levandovski “Barselona”ga 2022 yilning yozida transfer qilingan edi. Uning shartnomasi yana ikki mavsum davom etishi belgilangan.

Robertning o‘zi kelasi mavsumni ham Kataloniyada o‘tkazishga umid qilib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!