“Barsa” klublardan qancha qarzligi oshkor bo‘ldi

  • 6 oktabr, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moliyaviy muammolar botqog‘idan chiqa olmagan “Barselona” ayrim futbolchilarning transfer pullarini ham oxirigacha to‘lamagani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar bir guruh futbolchilar olingan jamoalardan umumiy hisobda 115 million evro qarz bo‘lib qolgan.

Xususan, klub prezidenti Joan Laporta Miralem Pyanich transferi uchun “Yuventus”ga yana 39 million evro to‘lashi kerak. Shuningdek, “Ayaks” Frenki de Yong va Serjino Destni Kataloniyaga jo‘natganida transfer pullarini oxirigacha olmagan. Hozir “Barsa” bu o‘yinchilar transferini to‘liq yopish uchun umumiy hisobda 48 million evrodan voz kechishga majbur.

Shuningdek, “Barselona” bo‘ynida braziliyalik yulduz Filippe Koutino transferidan qolib ketgan 13 million evroni ham “Liverpul”ga o‘tkazib berish vazifasi ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!