“Barsa”: Ishni Tuxel buzyapti

  • 9 dekabr, 2021, 18:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Usmon Dembeleni yangi shartnomaga ko‘ndira olmayotgan “Barselona” rahbariyati bunga “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxelni sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Tecno

Gap shundaki, frantsiyalik hujumkor futbolchining xaridorlari orasida “aristokratlar” ham bor. Dembele Kataloniyaga kelgunga qadar “Borussiya”da aynan Tomas Tuxel qo‘l ostida o‘ynagan va yulduz darajasiga ko‘tarilgan.

Kataloniya klubi mutasaddilari Tuxel Usmon bilan ishlashga tayyorligi futbolchining yangi shartnomani imzolashdan chalg‘itmoqda.

“Barselona” yaqinda Dembeleni jamoaning eng katta maosh oladigan o‘yinchisiga aylantirmoqchi ekanini va yiliga bonuslardan tashqari 11 million evro maosh to‘lashini bildirgandi.

Iste’dodli o‘yinchiga “Manchester Yunayted”, “Nyukasl” va “Totten’xem”dan ham jiddiy takliflar bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!