"Barsa" hamon orani ochiq qilmadi

  • 23 yanvar, 2021, 12:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Kike Setenni ishdan bo‘shatganligi uchun tovon puli to‘lash to‘g‘risida kelisha olmayapti.

Tecno

"Cadena Ser" nashrining ma’lum qilishicha, 62 yoshli mutaxassis klubdan 4 million evro talab qilmoqda. Shuningdek, Setendan avval jamoani boshqargan Ernesto Valverdening ketishi ham klubga 11 mln evroga tushgandi.

Ta’kidlanishicha, "ko‘k-anorranglilar" Kikega tovon puli to‘lamoqchi emas. Boisi, rahbariyat ispaniyalik mutaxassis umidlarni oqlamagan va talabga javob bermagan, deb hisoblamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!