“Barsa” ham katta yo‘qotishga uchradi

  • 7 oktabr, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Barselona” Robert Levandovskining xet-triki evaziga “Alaves”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Bu o‘yin kataloniyaliklar hujumkor futbolchisi Ferran Torresga qimmatga tushdi. Ispaniyalik o‘yinchi bellashuvning oltinchi daqiqasidayoq jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Diario Sport nashrining aniqlik kiritishicha, Ferran Torres o‘ng oyoq son mushaklarini jiddiy shikastlab olgan va salomatligini to‘liq tiklab olishi uchun bir oy vaqt kerak bo‘ladi.

Tarkibning muhim o‘yinchilaridan hisoblangan Ferran Torres 26 oktyabrga belgilangan “el-klasiko”da jamoasiga aniq yordam bera olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!