
“Barsa” futbolchiga kamroq yugurishni buyurdi
“Barselona” mutasaddilari jamoaning braziliyalik legioneri Rafinya Diasga to‘psiz holatda kamroq yugurishni buyurdi.
O‘yinchilar harakatini tahlil qiluvchi mutaxassislar Rafinya kuchli pressing vaqtida sprintlar intensivligini pasaytirishi lozimligini aniqlagan.
27 yoshli futbolchi “Barselona” o‘yinchilari orasida eng ko‘p yugurayotgan futbolchi bo‘lib chiqdi. Mutaxassislar bu holat jarohatlarga yo‘l ochishini ta’kidlamoqda.
Rafinya joriy mavsumda dastlabki sakkizta uchrashuvda raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar