
"Barsa" etakchi o‘yinchisiga o‘rinbosar topdi
"Barselona" jamoasining murabbiylar shtabi himoyachi Jordi Alba ko‘rsatayotgan o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Shu sababdan klub Albaga o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborgan.
"Ko‘k-anor ranglilar" short-listidan o‘rin olgan asosiy nomzod "Valensiya" sardori Xose Luis Gayya bo‘lib turibdi. Qayd etish lozim, 26 yoshli himoyachi ham "Barsa" libosida to‘p tepishga qarshi emas.
Ayni paytda "ko‘rshapalaklar" etakchisi "Transfermarkt" portalida 40 million evroga baholangan.
Ma’lumot o‘rnida, Gayya joriy mavsum "Valensiya" safida La Ligadagi 14 uchrashuvda 2 gol va 3 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar