“Barsa” Levandovski bo‘yicha so‘nggi taklifni berdi
“Barselona” rahbariyati “Bavariya”ga Robert Levandovski transferi bo‘yicha oxirgi taklifini berdi.
Kataloniyaliklar polshalik hujumchi uchun “Bavariya”ga 50 million evro taklif qildi va bu transfer bo‘yicha myunxenliklar tezroq javob qaytarishini talab qilmoqda.
“Barsa” Levandovskining o‘ziga uch yillik shartnoma berdi. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirishi mumkin.
Mashhur to‘purarnin o‘zi ham Kataloniyaga tezroq ko‘chib o‘tmoqchi. Xavi qo‘l ostida o‘ynashni istayotgan Levandovski “Chelsi” va PSJ kabi klublar taklifini qabul qilmadi.



Fikrlar