“Barsa” bizning qadrimizga etmadi!

  • 12 iyul, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bilan shartnomasi yakunlangan Dani Alves klub rahbariyatini jamoa tarixdan joy olgan yulduzlarni qadrlamaslikda aybladi.

Tecno

39 yoshli futbolchi 2008-2016 va 2021-2022 yilgi mavsumlarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. Braziliyalik himoyachi jahon futbolida eng ko‘p sovrin yutgan o‘yinchi sifatida rekord o‘rnatgan.

- Men jamoani xafa holda tark etganim yo‘q. “Barsa”ga qaytib, o‘ynaganimdan baxtiyorman. Men bu damlarni besh yil kutgandim.

Yoqmagan yagona narsa, men bilan qanday xayrlashishgani bo‘ldi.

Men qaytganimdan keyin ularga endi 20 yoshli yigitcha emasliginimni, hammasi ochiqcha bo‘lishi kerakligini tushuntirganman. “Barselona” klub tarixiga kirgan odamlarga e’tibor qaratmay qo‘ydi. Men bu jamoaning muxlisi sifatida ularning munosabati o‘zgarishini xohlayman.

Men o‘zimni nazarda tutayotganim yo‘q. Klub prezidenti va bosh murabbiyidan meni qaytarishgani uchun minnatdorman.

Jamoaga kelib, ajoyib g‘oyalarga ega yoshlarni ko‘rdim. Lekin “Barselona” maydondan tashqaridagi ishlarni yaxshilashi kerak.  Hozirgi holat biz bir necha yil avval kurashgan g‘oyalarga tezkari. Bularning barchasi maydonda ham aks etmoqda, - dedi Dani Alves.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!