
“Barsa” baquvvat hujumchini olib keladi
“Barselona” yozgi transferlar davrida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qilgan va bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.
Kataloniyaliklar taklif etilishi kutilayotgan o‘yinchilar ro‘yxatiga “Liverpul” forvardni Darvin Nunesni ham qo‘shdi.
Bosh murabbiy Xans-Diter Flikka urugvaylik hujumchining jismoniy imkoniyatlari yuqoriligi ma’qul kelmoqda.
Ma’lumki, Darvin Nunes baquvvat va shu bilan birga tezkor hujumchilar toifasiga kiradi. Kataloniyaliklar bu o‘yinchi yaqin kelajakda jamoaning haqiqiy etakchisiga aylanishiga ishonch bildirmoqda.
Fikrlar