
“Barsa” asosiy o‘yinchilaridan biri bilan muzokarani to‘xtatdi
Kataloniya superklubi mutasaddilari tajribali himoyachi Serxi Roberto bilan yangi shartnoma bo‘yicha o‘tkazilayotgan muzokaralarni to‘xtatishga qaror qildi.
Avvalroq, klub bir necha mavsumlardan beri barqaror o‘yin namoyish etib kelayotgan bu futbolchiga ikki yillik bitim tklif qilayotgan edi. Klubning qarori kutilmagan bo‘lib chiqdi va ular muzokaraga qaytmoqchi emas.
Serxi Robertoning agenti Xosep Mariya Orobitg ham klub bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini tasdiqladi.
Ispaniyalik himoyachining “Barselona” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Joriy mavsumda Serzi Roberto oltita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar