
"Barsa" Arauxoga yanada yaxshiroq shartnoma taklif qiladi
"Barselona" rahbariyati jamoa himoyachisi Ronald Arauxo bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Kataloniya klubi 23 yoshli urugvaylik futbolchi bilan mart oyi oxirida muzokaralarni davom ettiradi va yanada yaxshiroq shartlarda shartnoma taklif qiladi.
Aytish kerakki, bundan avvalroq Arauxo "Barsa"ning kelishuvni uzaytirish bo‘yicha ikkita taklifini rad etgan edi.
Futbolchining o‘zi "Manchester Yunayted" va PSJ klublaridan “Barsa”ga nisbatan yaxshiroq moliyaviy takliflar bo‘layotganiga qaramay "Kamp Nou"da qolish istagida.
Arauxo va “Barselona” o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. U joriy mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.
Fikrlar