
“Barsa” Angliyadan o‘yinchi olmoqchi
Angliya premer-ligasida “Lids” sharafini munosib himoya qilayotgan braziliyalik Rafinya “Barselona” nishoniga tushdi.
Kataloniya klubi rahbariyati yarim himoyachining mahoratini yuqori baholamoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ronald Kuman ham iste’dodli futbolchi jamoani kuchaytira olishiga ishonmoqda.
Hozircha, “Barselona” Rafinya bo‘yicha muzokaralarni qachon boshlashi aytilmayapti. Ispaniyaliklar uning o‘yinini kuzatib bormoqda.
Rafinyaning “Lids” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Bu futbolchi “Lids”da jami oltita uchrashuvda uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar