
“Barsa” afsonasi “Real” ustozi Anchelottini himoya qildi
“Barselona” afsonasi hisoblangan Xavi Ernandes kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi – “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida iliq fikrlar bildirdi.
- Karlo Anchelotti oxirgi o‘n yilda bir necha katta sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Biroq uni hali ham tanqid qilishyapti.
Ispaniyada bosim kuchli. Ayniqsa, “Barselona” va “Real”da bu kuchliroq bilinadi, - dedi “Barselona”da ham futbolchi, ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Xavi.
Evropa matbuoti Karlo Anchelotti 11 may kun “Barselona”ga qarshi o‘tkaziladigan navbatdagi “el-klasiko”dan keyin natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar iste’foga chiqqani e’lon qilinishi haqida yozmoqda.
Fikrlar