“Barsa”, mendan osonlikcha qutilmaysan!

  • 10 iyun, 07:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning klub rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan munosabati murakkabligicha qolmoqda.

Tecno

Germaniyalik darvozabon o‘zining muhitni buzishda ayblanayotgani haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalariga sizdirilayotganidan qattiq norozi bo‘lyapti.

Ma’lumki, ter Shtegen bosh murabbiydan o‘zini Evropa Chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinida “Inter”ga qarshi maydonga tushirishi so‘ragan. Xans-Diter Flik boshqa darvozabonni tanlagani uchun Mark-Andre Milanga bormasdan, Kataloniyada qolishni ma’qul ko‘rgan.

Ayni paytda “Barselona” rahbariyati “Espanol” golkiperi Joan Garsiyani olishga harakat qilmoqda. Shu bilan bir qatorda ular Mark-Andre ter Shtegendan qutilmoqchi.

Germaniya terma jamoasining birinchi raqamli posboni “Barselona”da uni klubdan ketkazmoqchi bo‘lgan odamlar borligini, ular o‘z maqsadiga etish uchun matbuot orqali bosim qilayotganini bildirdi.

Kataloniyaliklar bilan yana uch yillik shartnomasi bor darvozabon asosiy tarkibdagi joyini saqlab qolish uchun oxirigacha kurashmoqchi va klubdan ketmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!