
"Barsa" - "Real" uchrashuvidagi holat yuzasidan prokuratura ish olib boradi
Ispaniya La Ligasi 10-turi doirasidagi "Barselona" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mehmonlar vakili irqiy haqoratga uchradi.
La Liga rasmiy sahifasi ma’lumotiga ko‘ra, "Kamp Nou"ga yig‘ilgan muxlislar Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik qilgan. Tashkilot vakillari voqea yuzasidan Barselona shahri prokuraturasiga xabar beradi.
"Vinisiusni mahalliy muxlis irqiy haqorat qildi. La Liga jinoyat haqida prokuraturaga murojaat qiladi. Liga ko‘p yillardan beri bunga qarshi kurashib, ijobiy qadriyatlarni targ‘ib qilmoqda",-deyiladi La Liga bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, "el-klassiko"da madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan braziliyalik futbolchi 87-daqiqada zaxiraga olingan.
Fikrlar