Baribir, qariya Ronaldudan zo‘ri yo‘q!

  • 12 may, 2022, 16:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi rasmiy sayti “Manchester Yunayted”ning 37 yoshli  hujumchisi Krishtianu Ronaldu liganing aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topilganini e’lon qildi.

Tecno

Bu Ronalduning joriy mavsumdagi ikkinchi e’tirofidir. Portugaliyalik yulduz sentyabr oyida ham liganing eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgandi.

Ronaldu faoliyati davomida Angliya premer-ligasida jami olti marotaba oyning eng yaxshim o‘yinchisi, deb e’tirof etildi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha turnir rekordchilari Harri Keyn va Serxio Agueroga tenglashib oldi.

Krishtianu aprel oyi davomida premer-ligada oltita uchrashuvda raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi.

Butun mavsum davomida esa, tajribali to‘purar barcha turnirlarda 39  marotaba maydonga tushib, 24 ta gol va usta assist mullifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!