Barchasi hal! Felish faoliyatini APLda davom ettiradi

  • 10 yanvar, 2023, 06:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik iste’dod sohibi Joau Felish faoliyatini "Tumanli Albion"da davom ettiradi.

Tecno

"The Athletic" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, u "Chelsi" safiga ko‘chib o‘tadi. Londonliklar ushbu transfer uchun "Atletiko" hisob raqamiga 11 million evro to‘laydi. U mavsum so‘ngiga qadar APLda ijara asosida to‘p tepadi. Tomonlar kelishuvga erishgan, rasmiy xabar tez orada e’lon qilinadi.

Avvalroq, Joauning xizmatiga "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted"dan qiziqish borligi xabar qilingandi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, hujumchiga "Chelsi" loyihasi ko‘proq ma’qul kelgan.

23 yoshli futbolchi madridliklar libosida 2019 yildan beri harakat qilib keladi. Uning transferi 50 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!