Bahromjon Fozilovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum. U rossiyalik iste’dodga qarshi!

  • 16 avgust, 2024, 18:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, 6 sentyabr kuni Chelyabinskda professional boks oqshomi tashkil etiladi. RCC promousheni tomonidan o‘tkazilayotgan, ushbu kechada hamyurtlarimiz Ulug‘bek Sobirov rossiyalik bokschiga qarshi, Muhammad Shexov esa Xitoy vakiliga qarshi IBF interkontinental chempionlik kamari uchun jang qilishsa, Jahongir Rasulov super natija ko‘rsatayotgan Ivan Kozlovskiy bilan kuch sinashadi. 
Shuningdek, yana bir vakilimiz Bahromjon Fozilov yana bir rossiyalik iste’dod Jambulat Bijamovga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu qarama-qarshilik 6 raund qilib belgilangan.

Ma’lumot uchun, Fozilov so‘ngi ikkita jangida mag‘lubiyatga uchragan va rekordi 10-3-3,9 KO ko‘rinish olgan. Bijamov esa professional boksda 1 ta jang o‘tkazgan va g‘alaba qozongan. Qiziq jihg‘ati u yana bir hamyurtimiz otabek Turdixo‘jaevni mag‘lub qilgandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!