
Bahromjon Fozilov WBA Asia chempionlik kamari sohibi
Toshkent shahridagi "Renaissance Hall" arenasi mezbonlik qilayotgan boks kechasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
Markaziy janglardan birida o‘rta vaznli bokschimiz Bahromjon Fozilov WBA Asia kamari uchun argentinalik Diego Ramires bilan to‘qnash keldi. Bahs vakilimizning ajoyib g‘alabasi bilan poyoniga etdi. Hakamlar bir ovozdan Fozilovning g‘alabasini qayd etishdi.
Shu tariqa, Bahromjon WBA Asia chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. SPORTS.uz jamoasi nomidan chempionimizni tarkiblaymiz!
Fikrlar