Bahrom Haydarov: "Sho‘rtan" nafaqat hisobni tenglashtirishi, balki yutib ketishi ham mumkin edi"

  • 13 avgust, 12:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” - “Qo‘qon-1912” (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- Boshida yaxshi boshladik. Hamma o‘z vazifasini bajarib, gol urganimizdan keyin bir-ikkita futbolchilarimizda bo‘shashishlar bo‘ldi. Raqibga bosim o‘tkazishga harakat qilgandik, shuni uddasidan chiqayotgandik. Gol urganimizdan so‘ng o‘zimiz bosimni kamaytirganimizdan so‘ng “Sho‘rtan” o‘yin o‘rtalarida nazoratni o‘ziga oldi, imkoniyatlar yaratdik. Biroq qarshi hujumda ikkinchi golni urdik. Shuncha mag‘lubiyatlardan keyin futbolchilarni o‘ziga ishonchi kamligi bilinib qolyapti. Bo‘shashdik va standartdan gol o‘tkazib yubordik. O‘yinchilarga bosim qilish kerakligini aytdik. Baribir futbolchini ongida qo‘rquv ham bo‘ladi. Shu bois biroz orqaga yotib olishga majbur bo‘ldik. Biz chetdan turib bosim qilish haqida gapirsak ham baribir himoyaga e’tibor qaratdik. “Sho‘rtan” nafaqat hisobni tenglashtirishi, balki yutib ketishi ham mumkin edi. Xudoga shukr yaxshilik bilan tugadi. Uzoq kutilgan g‘alabaga erishdik. Ozmi-ko‘pmi, uzoq yo‘l bosib kelgan va televizor orqali ko‘rgan muxlislarimizga ushbu g‘alabani bag‘ishlaymiz. Ular ham buni kutishgandi. Keyingi uchrashuvlarga ham yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz.

- O‘yindan oldin “Sho‘rtan” jamoasini nimasi ko‘proq e’tiboringizni tortdi?

- Oldingi murabbiyda ham, hozirgi murabbiyda ham mehnatkash futbolchilar yig‘ilgan. To‘p bilan yaxshi muomala qilishadi, pas o‘ynashadi. Jamoani chap qanoti ancha faol. Pirmuhammedov yaxshi saviyali o‘yinchi, Mamasiddiqov ham. Birinchi navbatda ularni zararsizlantirishimiz kerak edi, bunga erisha oldik.

- Jasur Xolto‘raev hujum chizig‘iga qanchalik ta’sir o‘tkaza oldi?

- Mehnatkash bola. Bosim o‘tkazib, himoyachilarni tinch qo‘ymaydigan hujumchi. Birinchi davrada 3 ta gol urdi, bu kam. Ko‘p imkoniyatlari bo‘ldi, urolmadi. Birinchi davrada ikki marta jarohat oldi. Bu ham qiynab qo‘ydi. Yaqindagina sog‘aydi, shu bois zaxiradan maydonga tushdi. O‘ylaymanki, u yanada qo‘shadi. Ikkita hujumchi olib keldik - Haydarov bilan Datsini. Raqobat uni yanada kuchaytiradi. Hali jamoamizga foyda keltiradi.

- Oxirgi intervyularingizda hozir gapirsak bahona bo‘lib qoladi, degan jumlani ko‘p ishlatyapsiz. Bunday xulosaga kelishingiz nimadan?

- Futbolchilik va murabbiylik faoliyatimda bunday mag‘lubiyatli seriya bo‘lmagan. 7-8 ta o‘yinda hattoki durang ham bo‘lmadi. Xatolarni ko‘pi bir xil. Bu haqida aytib o‘tganmiz, yana qaytarilayotgandi. Ularni bartaraf etishga, ko‘p gapirmasdan ishlashga harakat qilyapmiz.

- Shu o‘yinlar oralig‘ida rahbariyat tomonidan bu siz uchun oxirgi imkoniyat degan narsa bo‘ldimi?

- Umuman gap-so‘z bo‘lgani yo‘q. Rahbariyatga katta rahmat. Tasavvur qiling, Kubok o‘yini bilan ketma-ket 10 ta o‘yin yutqazdik. Xudoga shukr, biror marta rahbariyat tomonidan bu haqida sha’ma ham qilishgani yo‘q. Oldimizga qo‘ygan maqsadlar bor. Albatta, muxlislar talab qilishadi, murabbiy ketsin deyishi mumkin. Buni to‘g‘ri tushunamiz, futbolda bor narsa. Har bir murabbiyda omadsiz o‘yinlar ketma-ket bo‘lsa, bunaqa gap-so‘zlar bo‘ladi. Ammo rahbariyatga rahmat, biror marta ketish haqida og‘iz ochilgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!