Bahrom Hakimov: Muxlislarga rahmat

  • 11 aprel, 2019, 21:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

xabaringiz bor bugun B Pro-liganing ilk turida «Turon» o‘z maydonida «Lokomotiv-BFK»ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng «Turon» jamoasi ustozi Bahrom Hakimov o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Bugun murosasiz o‘yin guvohi bo‘ldik. Mavsum boshi bo‘lganligi sababli futbolchilarda hayajon va bosim sezildi. Shuning uchun sal o‘yinimizda tartibsizlik sezildi. Shogirdlarim ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi. Men o‘yindan emas natijadan qoniqdim. Meni eng hayron qoldirgan jihat stadionning muxlislar bilan to‘lishi bo‘ldi. Aynan ularning qo‘llab-quvvatlashlari jamoa g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi, ularga alohida raxmat aytaman. Keyingi turda «Rash-Milk» bilan bo‘ladigan bahsga jiddiy tayorlanib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Abdulaziz Abduvohidov suxbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!