Bahrayn shahzodasi O‘zbekiston MMA terma jamoasiga omad tiladi!

  • 14 dekabr, 2023, 13:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Bahrayn poytaxti Manama shahrida havaskor MMA yo‘nalishida o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Tecno

Unda ishtirok etayotgan, O‘zbekiston terma jamoasi ham medallar jamg‘arishda davom etmoqda. Hozirga kelib, 5 ta medalni qo‘lga kiritib ulgurgan vakillarimiz, bugungi kun dasturida yana shohsupaning yuqori pog‘onalarini egallashi kutilmoqda. Albatta, o‘zbekistonliklarning chiroyli chiqishlari va natijalari Bahrayn shahzodasi Holid Hamad Al Halifani ham befarq qoldirmadi va u bevosita arenaga tashrif buyurib, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Hasan Ergashev bilan ko‘rishdi va erishilayotgan natijalar bilan tabriklab ketdi.

Ma’lumot uchun, Bahrayn shahzodasi Osiyoning etakchi Brave CF promoushenining ham rahbari hisoblanadi.

ergashev2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!