Bahodir Jalolovning keyingi jang sanasi ma’lum
Og‘ir vazn toifasidagi “Katta o‘zbek” nomi bilan tanilgan Bahodir Jalolov 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida ringga ko‘tariladi.
Hamyurtimizga frantsiyalik Devid Spilmont (16-8-1, 11 KO) raqiblik qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu bahs Jalolovning 2023 yil noyabrida Kris Tompson ustidan nokaut bilan g‘alaba qozonganidan keyingi birinchi professional jangi hisoblanadi.



Fikrlar