Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasiga qadar professional boksda yana jang o‘tkazadimi? Bokschimiz javob berdi

  • 15 yanvar, 2021, 13:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bahodir Jalolov o‘zbek boksida o‘ziga xos yorqin iz qoldirayotganlardan biri sanaladi. U havaskor boksda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritib ulgurdi. Lekin uning eng asosiy maqsadi Tokio Olimpiadasida zafar quchish. Uning bu boradagi imkoniyatlari muxlis va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Shuningdek, professional yo‘nalishda ham mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. U hozirda AQShda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuni inobatga olib, yurtdoshimizning Olimpiadaga qadar yana professional boksda jang o‘tkazishi borasidagi fikri bilan qiziqdik.

Tecno

- Assalomu alaykum. Hozirda, AQShda mashg‘ulotlarni olib bormoqdamiz. Jang tashkil qilinsa, o‘tkazamiz. Biroq, ayni kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida yana karantin holati joriy qilingan. Buyuk Britaniya umuman yopildi, janglar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Ma’lumki, professional boks kechalari asosan, AQSh, Buyuk Britaniya hamda Meksikada tashkil qilinadi. Shuning uchun janglarni tashkil qilish ham juda kamayib ketdi. Jangim aniq emas, yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, bu imkoniyat taqdim etilsa, Olimpiadaga qadar yana bir bor ringga ko‘tarilaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!