Babayan va uning jamoasi ta’tildan qaytdi

  • 11 iyul, 2022, 22:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozircha Superligada musobaqa peshqadami bo‘lib turgan Namanganning “Navbahor” klubi qisqa ta’tildan qaytdi va yozgi yig‘inini boshladi. Klub matbuot xizmati bu borada shunday xabar qiladi:

Tecno

“Lochinlar” 5 kunlik hordiqdan so‘ng, bugundan Namanganda yig‘ilib, 2-davra bahslariga tayyorgarlikni boshlashdi.

Bugungi mashg‘ulot oldidan kuni kecha tug‘ilgan kunlarini nishonlashgan jamoamizning mahoratli himoyachisi Rustamjon Ashurmatov va “Navbahor”ning yangi a’zosi, tajribali yarim himoyachi Diyorjon Turopovni jamoamiz murabbiylar shtabi hamda futbolchilari o‘ziga xos tarzda, ya’ni, yo‘lakcha hosil qilgan holda tabriklashdi.

navbahor21

“Lochinlar” bugungi mashg‘ulotni Samvel Babayan murabbiylar shtabi boshchiligida “Markaziy” o‘yingoh zaxira maydonida o‘tkazishdi. 

Unda “Navbahor”ning yangi a’zosi Diyorjon Turopov ham ishtirok etdi.

Jamoamiz legionerlari va yana ayrim futbolchilar mashg‘ulotlarga tez kunlarda qo‘shilishadi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!