
BAA chempionati. "Al-Vahda" o‘z uyida durang o‘ynadi, Erkinov yagona golga assistentlik qildi!
"Al-Vahda" klubi BAA chempionati doirasida "Sharja"ni o‘z uyida mehmon qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Mezbonlar safida yagona golni Ahmad Nurillohi kiritdi. Unga esa assistentlik vazifasini hamyurtimiz HOJIMAT ERKINOV bajarib berdi.
Shu tariqa, Abu Dabi jamoasi turnir jadvalida 5-o‘ringa joylashdi. Ular hisobida 21 ochko mavjud.
Fikrlar