Azmun va Dzyuba RPLda rekord o‘rnatdi

  • 16 iyul, 2020, 14:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" klubining hujumchilar dueti - Artyom Dzyuba va Sardor Azmun Rossiya premer-ligasining joriy mavsumida raqiblar darvozasiga jami 33 ta gol urdi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu RPLning yangi rekordi hisoblanadi. Gap shundaki, shu kungacha ushbu musobaqada birorta hujum dueti bir mavsumda bu qadar ko‘p gol urmagan edi.

Qizig‘i, bundan avvalgi rekord ham aynan “Zenit” futbolchilariga tegishli bo‘lib, unda ham Dzyuba ishtirok etgandi. Aniqrog‘i, 2015/16 yilgi mavsumda Dzyuba va Xalk juftligi 32 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik hujumchi bu mavsum o‘z hisobiga 17 ta, eronlik hujumchi esa 16 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!