
Azmun Rossiya premer-ligasidagi eng tezkor gollardan birini urdi
Xabaringiz bor bugun “Zenit” Rossiya premer-ligasining 3-turida doirasida safarda “Orenburg” mehoni bo‘ldi va 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, piterliklar forvardi Sardor Azmun uchrashuvning 11-soniyasidayoq raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa RPL tarixida eng tez kiritilgan 2-gol bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Rossiya premer-ligasi tarixidagi eng tezkor gol Vladikavkazning "Alaniya" jamoasi a’zosi Emmanuel Emenike tomonidan urilgan. Uning gol kiritishi uchun bor yo‘g‘i 10 soniya etarli bo‘lgan.
Fikrlar