
Azim Ahmedov: Qatarga Namangan ahliga xursandchilik ulashish uchun keldik!
Xabaringiz bor, ertaga “Navbahor” OChL saralash bosqichining hal qiluvchi o‘yinida “Al Vakra”ga qarshi maydonda saf tortadi. Bahs oldidan uyushtirilgan matbuot anjumanida “lochinlar” a’zosi – Azim Ahmeov ishtirok etdi. Futbolchi bahs va uning atrofidagi voqealarga to‘xtalib o‘tdi.
“Avvalambor Assalomu alaykum. Nasib qilsa, ertaga yaxshi o‘yin o‘tkazib Namangan ahliga xursandchilik ulashish uchun keldik. Ertaga g‘alaba qozongan xolda, ishqibozlarimizni xursand qilmoqchimiz.
Biz raqibni yaxshilab o‘rgandik. Menimcha, ularning asosiy kuchi hujumga o‘tishda.”,-dedi yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, bahs ertaga bo‘lib o‘tadi. O‘yinni qaysi telekanal to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda olib berishi borasida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.
Fikrlar