
Aytganim bo‘lmasa, boshqa superklubga ketaman!
“Yuventus”himoyachisi Matteys de Ligt bir qator grand klublar nishoniga tushdi. Bunga niderlandiyalik futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi yakunlanishiga tobora kam vaqt qolayotgani sabab bo‘lmoqda.
De Ligtning hozirgi kelishuvi 2023 yilning yozigacha davom etadi. Klub mutasaddilari unga yangi bitim taklif qilib, yiliga 8 million evrolik maosh bermoqchi. Futbolchining o‘zi boshqa klublardan qiziqish ko‘payib borayotganini inobatga olgan holda har mavsum 12 million evro maosh berilishini talab qilyapti.
Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli turinliklar niderlandiyalik himoyachi talabini bajara olmaydi. Agar ular joriy mavsum yakunlangunicha kelishuvga erishmasa, Matteys de Ligt yozda sotib yuborilishi mumkin.
Fikrlar