
"Ayntraxt" ustozi: "Real"ga muammo tug‘dira olishimizga aminman
"Ayntraxt" bosh murabbiyi Oliver Glanser "Real"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.
Ertaga frankfurtliklar Evropa Superkubogi doirasida Mardid jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur bellashuv 00:00da start oladi.
"Biz o‘zimizga ishonch, mustahkam himoya hamda katta ishtiyoq bilan o‘ynashni istaymiz. Men "Real"ga muammo tug‘dira olishimizga aminman. Frankfurtga kubok bilan qaytishni istaymiz.
Benzema o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsata oladigan darajada yaxshi fazilatlarga ega. U jarima maydoni ichida ajoyib harakat qiladi. Shunday bo‘lsa-da, Vinisius, Valverde va Rodrigo kabi futbolchilarni qo‘riqlay olsak, unga pas etib kelmaydi.
Biz qo‘rqmaymiz va har doim o‘zimizga ishonamiz. Buni Evropa ligasida ham isbotladik. Muhimi, nima qila olishimizni bilamiz. Bizda ajoyib jamoa bor", - dedi nemis klubi ustozi.
Fikrlar