
“Ayntraxt” Germaniyada tengsiz! Kozim Aripov, Markus Kryoshe, Kevin Trapp…
2022-yil yakunlariga ko‘ra, Oliver Glasner shogirdlari Germaniyadagi eng nufuzli sovrinlardan birini qo‘lga kiritdi. Frankfurt klubi Germaniyada “yil jamoasi” deb e’tirof etildi. Sovrinni klub bosh prezidenti – Piter Fisher Baden-Baden shahrida qabul qilib oldi.
Ushbu sovrin deyarli uch mingdan ortiq jurnalistlar o‘rtasidagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra kimga nasib etishi aniqlanadi. “Burgutlar”ning sovrin uchun asosiy raqobatchisi sifatida Germaniya ayollar terma jamoasini ko‘rsatish mumkin. Evropa chempionatida ikkinchi o‘rinni egalagan jamoa so‘rovnomada ham ikkinchi bo‘lib qoldi. “Ayntraxt” bu sovrinni qo‘lga kiritgan Bundesliganing 6 jamoasidan biriga aylandi.
Jamoaning sport direktori Markus Kryoshe:
“Yil jamoasi” nominatsiyasida g‘alaba qozonish “Aytraxt” uchun ulkan natija. Biz uchun bu faxrli o‘rin! Aslida, ayollar jamoasi ham bu sovringa yuz foiz haqli edi. Ular har qanday vaziyatda ham kuchli xarakter evaziga natija ko‘rsatish mumkinligini isbotlab berdi. Ortda qolgan yil davomida mehnat qilgan barcha sportchilar e’tirof etishga loyiqdirlar”
Jamoa bosh murabbiyi Oliver Glasner:
Yigitlar va o‘zimni nomimdan ushbu sovrin uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu Evropa Ligasida zafar quchgan futbolchilarim uchun ulkan motivatsiya bo‘lib hizmat qiladi. Shuningdek, bu sovrin klubimizda ishlaydigan bir necha yuz kishining mehnati. Bizni oxiriga qadar qo‘llab-quvvatlab turgan ishqibozlarniki. Barchasi uchun rahmat sizlarga!
Jamoa sarodri Kevin Trapp:
Bizga ovoz bergan jurnalistlarga tashakkur. Bizni jamoa uchun bu katta yutuq. Sababi, Germaniyada haqiqatdan ham kuchli sportchilar juda ko‘p. Ular orasida biz eng zo‘ri bo‘lishimiz ikki hissa yoqimli. Ajoyib ishqibozlarimiz yordamida Evropa Ligasida barcha nemislarni bir manzilda yig‘a olganimizdan xursandman. Kelasi, mavsumda bundan ham kattaroq marralarni zabt etishga harakat qilamiz.
Jamoa funtsioneri Kozim Aripov:
Shu jamoani aktsiyalarini xarid qilganimda, ikkinchi bundelsigadagi o‘rtamiyona klub edi. 11 yil ichida biror marotaba shubha bilan qaraganim yo‘q. Bugungi natijalar bilan faxrlanaman. Germaniyada yil jamoasi bo‘lish bu ulkan sharaf. Buyog‘iga mana shu darajadan pastga tushib ketmaslikka harakat qilamiz. Nasib qilsa, o‘zbek klublari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni ruyobga chikarish uchun bor kuchimni ishga solaman.Oldinda amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan rejalar bisyor. Barchasiga sekin-asta erishamiz.
Fikrlar