"Ayaks" bosh murabbiyi jamoa "shporlar" himoyachisiga qiziqayotganini tasdiqladi

  • 10 fevral, 2020, 12:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayaks" bosh murabbiyi Erik Ten Xag, yozda "Tottenhem" bilan shartnomasi yakunlanadigan belgiyalik himoyachi Yan Vertongen amsterdamliklar tarkibiga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi.

Tecno

"Yan biz uchun begona futbolchi emas, shuning uchun uning "Tottenxem"dagi vaziyatini kuzatib bormoqdamiz. Agar hammasi biz o‘ylagandek yakunlansa, unda uni albatta safimizga qo‘shib olamiz.

Agar Yan bizning tarkibimizga o‘tish uchun ochiq bo‘lsa, bizga bu chiziqda o‘ynaydigan futbolchi kerak. Bizda yosh bilan bog‘liq cheklovlar yo‘q. Agar kimdir etarlicha saviyaga ega bo‘lsa, unda uning yoshi ham bizga mos keladi", - deydi Ten Xag.

Ma’lumot o‘rnida, aprelda 33 yoshni qarshilaydigan Vertongen "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U etti yarim yil oldin Amsterdamdan Londonga ko‘chib o‘tgan edi.

Joriy mavsumda Yan "shporlar" tarkibida barcha turnirlarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta gollik uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!