"Avvalgi ikki o‘yindagi og‘riqli mag‘lubiyatdan so‘ng g‘alaba qozonish nihoyatda muhim edi"

  • 18 sentabr, 10:42
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" jamoasining markaziy himoyachisi Stefan de Vrey Chempionlar Ligasidagi "Ayaks"ga qarshi g‘alaba (2:0) bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Neradzurrilar"ga umumiy bosqich birinchi tur uchrashuvidagi uch ochkoni 42 va 47-daqiqalarda amsterdamliklar darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchi Markus Tyuramning dubli keltirdi.

- Avvalgi ikki o‘yindagi og‘riqli mag‘lubiyatdan so‘ng g‘alaba qozonish nihoyatda muhim edi. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, ammo hali ham takomillashtirishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Bugun biz o‘yinni a’lo darajada tushundik, shu sababli ortiqcha muammolarga duch kelmadik, - dedi de Vrey.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa A Seriyada "Yuventus"ga (3:4) va "Udineze"ga (1:2) mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!