
Avstraliya bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Biz 2019 yilda ham O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynagandik va o‘shanda penaltilar seriyasida ularni mag‘lub etgandik. Ammo menimcha, o‘shandan beri ikkala jamoa ham ancha yaxshilandi.
Ular ertaga Hindiston va Suriya bilan o‘yinga qaraganda boshqacharoq yondashuv bilan maydonga chiqishadi. O‘zbekiston so‘nggi yillarda futbolga juda ko‘p sarmoya kiritmoqda va bunga U20 Osiyo Kubogida g‘oliblik ham yaqqol misol. Bundan tashqari ularda 23 yoshgacha bo‘lgan jamoa juda kuchli. O‘zbekiston dunyo va Osiyodagi reytingida yuqorilamoqda.
Ertaga asosiysi o‘yinga to‘g‘ri taktika tanlashimiz. Yigitlar tayyor va biz bu o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz", - dedi Grem Arnold.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya - O‘zbekiston bahsi ertaga 16:30da start oladi.
Fikrlar