
Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvida terma jamoamizga dalda bo‘lish uchun Superliga klublari murabbiylari va yuzlab muxlislar Tailandga kelmoqda
Bugun 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3-o‘rin uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi avstraliyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur bellashuvda terma jamoamizga dalda bo‘lish uchun Superliganing bir nechta murabbiylari va yuzlab muxlislar Tailandga kelishmoqda. Oldinroq chorak final oldidan Vadim Abramov va Ro‘ziqul Berdiev tashrif buyurgandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:30da start oladi.
Fikrlar