
Avliyoxon Hamidov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan taqdirlandi
15 yanvar kuni BAAning Abu-Dabi shahrida “UAE Warriors” promousheni tomonidan Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag‘ishlangan jang kechasi tashkil etildi. Mazkur jang oqshomiga shaxsan Habib Nurmagomedov hamda UFC prezidenti Dana Uayt tashrif buyurgan edi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur jang kechasida Avliyoxon Hamidov super engil vazn toifasida kanadalik Lui Jordeynga qarshi jang qilib, ajoyib g‘alabaga erishgandi.
Kuchli raqib ustidan chiroyli g‘alabaga erishgan jangchimiz yurtimizga etib kelgan. Bugun O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Andijon viloyati rahbariyati Avliyoxon Hamidov bilan uchrashib, uni ushbu muvaffaqiyat bilan munosib tarzda taqdirladi.
Fikrlar