
"Atletiko"ga "Lion"dan hujumchi kelyapti
“Lion” forvardi Mussa Dembele “Atletiko”ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli frantsiyalik futbolchi “matraschilar” safiga ijara asosida o‘tadi. Uning Madridda qolish yoki qolmasligi maydonda ko‘rsatadigan o‘yiniga bog‘liq.
Hozircha “Lion” va “Atletiko” o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha rasmiy ma’lumot yo‘q. Ammo tomonlar tez orada shartnoma imzolashlari kutilmoqda.
Dembele joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar