
"Atletiko"da hammasi aniq!
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone tez orada o‘z lavozimini tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Cadena SER.
Manbaga ko‘ra, "matraschilar" rahbariyati allaqachon nomi sir saqlanayotgan argentinalik mutaxassisning potentsial vorisi bilan muzokara o‘tkazgan.
Klub rahbarlarining fikricha, murabbiy futbolchilar bilan aloqani yo‘qotgan, shu bois u yozda o‘z lavozimini tark etishi ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, Simeone "Atletiko"ni 2011 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. “Matraschilar” uning qo‘l ostida 8 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Fikrlar