
“Atletiko” Suares boshliq barcha yulduzlaridan voz kechyapti
Joriy mavsumda Ispaniya chempionligi uchun kurashda “Real” va “Barselona”dan o‘zib ketib, keyinchalik ochkolar o‘rtasidagi katta farqni boy bergan “Atletiko” yozda tarkibni yangilashga qaror qildi.
Madridliklar chempionat yakunlanishi bilan bir necha futbolchilarga ruxsat berib yuboradi.
“Atletiko” rahbariyatining bu qarorga kelishiga, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sabab bo‘lmoqda. Vaziyati o‘nglash uchun himoyachilar Xose Ximenes, Shime Vrsalko, yarim himoyachilar Saul Niges, Vitolo sotib yuboriladi, Lukas Torreyra “Arsenal”ga qaytariladi.
Shuningdek, “Lion”dan ijaraga olingan Mussa Dembeleni ham Frantsiyaga qaytib ketishi haqiqatga yaqin. Eng asosiy esa, jamoa to‘purari Luis Suares erkin agent sifatida boshqa jamoalar taklifini qabul qiladigan ko‘rinadi. Urugvaylik futbolchini bir necha klublar, xususan, “Liverpul” o‘z safida ko‘rmoqchi.
Fikrlar