
"Atletiko" prezidenti: Grizmann jamoaga qaytishini xohlayman, ammo...
"Atletiko" Madrid klubi prezidenti Enrike Sereso jamoaning "Barselona"dagi sobiq hujumchisi Antuan Grizmann yana “matraschilar” safiga qaytib kelishiga umid qilmoqda.
30 yoshli frantsiyalik futbolchi 2014-2015 yillarda “Atletiko” sharafini himoya qilgan.
“Grizmann – ajoyib futbolchi. U jamoamizga qaytib keladi degan umiddaman, ammo menimcha "Barselona" uni qo‘yib yuborishni istamaydi. Har qanday jamoa o‘z tarkibida shunday yuqori darajali o‘yinchisi borligidan xursand bo‘ladi. Biz Antuan bilan do‘st bo‘lib qolamiz”, - ded Sereso.
Bundan avvalroq Grizmann "Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges evaziga Madridga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozircha ushbu ma’lumot rasmiy tasdig‘ini topgani yo‘q.
Fikrlar