"Atletiko" Portugaliya tarixidagi eng qimmat futbolchiga narx belgiladi

  • 26 dekabr, 2022, 13:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, Madridning “Atletiko” klubi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida portugaliyalik hujumchi Joau Feliks bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Tecno

AS xabariga ko‘ra, "matraschilar" 23 yoshli portugaliyalik futbolchini ijaraga berish va to‘liq sotish bo‘yicha barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. “Atletiko” rahbariyati Feliks uchun 100 million dollar (~ 95 million evro) to‘lashsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, muammo shundaki, potentsial xaridorlarning hech biri Joao uchun bunday pulni to‘lashga tayyor emas.

Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" hujumchini 2019 yilda Lissabonning "Benfika" klubidan 126 million evroga sotib olgan edi. Shu tariqa u Portugaliya tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangan.

Feliks joriy mavsum La Ligada 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!