"Atletiko" muxlislari uchun o‘ta noxush xabar

  • 7 yanvar, 2022, 21:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann o‘ng son mushaklaridan jarohat oldi.

Tecno

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi kamida bir oy maydonga tusha olmaydi.

Frantsiyalik yulduz kubok doirasida "Rayo Maxadaonda" klubiga qarshi o‘yinda (5:0) jarohat oldi.

Avgust oyi oxirida "Barselona"dan "Atletiko"ga qaytgan Grizmann joriy  mavsum 18 ta o‘yinda ishtirok etdi va 7 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!